Safarova Nilufar Rustambayevnaning qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Lalmi tipik bo‘z tuproqlarning unumdorlik ko‘rsatkichlariga resurstejovchi texnologiyalarni ta’siri (G‘allaorol tumani tuproqlari misolida)” mavzusida
Safarova Nilufar Rustambayevnaning “Lalmi tipik bo‘z tuproqlarning unumdorlik ko‘rsatkichlariga resurstejovchi texnologiyalarni ta’siri (G‘allaorol tumani tuproqlari misolida)” mavzusidagi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.B/Qx.01.16 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 18-mart kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy, O‘zbekiston Milliy universitetining Biologiya va ekologiya fakulteti binosi, 2-qavat 203-xona
Tel: + 99890 900-24-97
e-mail: nauka@nuu.uz