Safarova Dilnora Teshaboyevnaning fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Chekli darajali kovariant funktorlarning topologik va kardinal xossalari” mavzusida
Safarova Dilnora Teshaboyevnaning 01.01.04 – “Geometriya va topologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Chekli darajali kovariant funktorlarning topologik va kardinal xossalari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 4-yanvar kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti 2-qavat Z–11-auditoriya.
Tel.: (+99871) 227-12-24; Faks: (+99871) 246-53-21
e-mail: nauka@nuu.uz