English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sadriddin Hasanov dunyodagi eng iqtidorli yosh futbolchilar qatorida
15:24 / 2025-10-15

Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Guardian” nashri jahon futbolidagi eng iqtidorli 60 nafar yosh futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston U17 terma jamoasi a’zosi Sadriddin Hasanov ham munosib o‘rin oldi.

“O‘zbekiston U17 terma jamoasi aprel oyida bo‘lib o‘tgan U17 Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda ilk bo‘limni 0:0 hisobida yakunladi. Biroq ikkinchi taymda jamoa ikki nafar futbolchisining maydondan chetlatilishi sababli to‘qqiz kishi bo‘lib qoldi. Shu vaziyatda katta sahnaga Sadriddin Hasanov chiqdi. U jamoani ruhlantira oldi va a’lo darajadagi individual harakat orqali raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Ushbu gol jamoaga 2:0 hisobidagi muhim g‘alabani ta’minladi.

Musobaqa davomida to‘rtta gol urgan S.Hasanov finaldagi muvaffaqiyatli o‘yini uchun turnirning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Chap qanotdan keskin hujumga o‘tishni xush ko‘radigan, tezligi, kuchli zarbalari va gol his etish qobiliyati bilan ajralib turadigan Sadriddin Hasanovda g‘oliblik ruhi mujassam”, deb yozgan nashr.

Qayd etilishicha, Sadriddin Hasanov Osiyoda “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” bo‘lishga munosib da’vogarlardan biri sanaladi.

Ma’lumot o‘rnida: 2019 yili Jasurbek Jaloliddinov, 2024 yili esa Azizbek To‘lqinbekov ham dunyodagi eng iqtidorli yosh futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA