Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sadir Japarov : "Qirg‘iziston chinakamiga xalq hokimiyati bo‘ladi"
10:27 / 2020-11-10

Qirg‘izistonning yangi Konstitutsiya loyihasi o‘n kun ichida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, deyiladi “Sputnik Kirgizistan” ning mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov so‘zlari bilan asoslangan xabarida.

“Uning aytishicha, hozirda mutaxassislar mazkur loyiha ustida ish olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, qurultoy tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Yilda bir marta tuman va qishloqlardan ikki yarim mingga yaqin xalq vakili prezident va parlament hisobotini tinglash uchun Bishkekda yig‘iladi.

“Shunda chinakamiga xalq hokimiyati bo‘ladi”, dedi Japarov.

U o‘z so‘zlariga, o‘ttiz yil davomida hech bir prezident va hech bir parlament halq oldida hisob bermaganini qo‘shimcha qilgan.