Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sadir Japarov bir necha vazirni lavozimidan ozod qildi
10:52 / 2026-02-17

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bir necha yuqori lavozimli amaldorlarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida farmon chiqardi. Transport va kommunikatsiyalar vaziri Absattar Sirg‘aboyev o‘rniga rahbarlik vaqtincha Talantbek Soltoboyevga yuklatildi.

Shuningdek, tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Meder Mashiyev ham iste’foga chiqdi. Uning vazifasini hozircha Aqil Toktoboyev bajaradi. Favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeyevning vakolati vaqtincha Urmatbek Shamirkanovga o‘tdi.

Avvalroq Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev lavozimidan chetlatilgan edi. Uning o‘rniga general-mayor Jumgalbek Shabdanbekov tayinlangan.  

F. Yaxshiboyeva, O‘zA