Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sabzi, piyoz singari oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishiga qanday omillar ta’sir qiladi? (+video)
20:31 / 2023-05-08

Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini vaqti-vaqti bilan oshishiga sabab nimada?

Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Otajon Pirmonovning so‘zlariga ko‘ra, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishiga  ichki va tashqi omillar ta’sir qiladi.  

– Misol uchun, bu yil qishda bir muddatga piyoz narxi oshdi, – deydi   Otajon Pirmonov. – Ilgari bunday holat kuzatilmagani sababli biz  Yevropa  davlatlarini, qo‘shni davlatlardagi holatni kuzatdik. Ularda ham shu paytda narx-navolar ko‘tarilgan. Buning asosiy sababi: anomal sovuq paytida yuk mashinalarimiz mahsulotlarni yetkazib berishida uzilishlar paydo bo‘lgan. Bundan tashqari bozor rastalarida mahsulotlarning muzlab qolish holatlari ham kuzatildi. Natijada, odamlarda bizda piyoz yetishmaydi, degan vahima  boshlanib, bu xolat  narx-navoga o‘zining ta’sirini ko‘rsatdi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2_vk5yuK_Dc" title="Sabzi, piyoz singari oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishiga qanday omillar ta’sir qiladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, N. Abduvoitov (video), O‘zA