Saburov Xikmat Xajibayevichning fizika-matematika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ikki marta stoxastik gipermatritsalar uchun nochiziqli Perron-Frobenius turg‘unlik nazariyasi va nochiziqli konsensus muammolariga tatbiqlari” mavzusida
Saburov Xikmat Xajibayevichning 01.01.01 – “Matematik analiz” ixtisosligi bo‘yicha “Ikki marta stoxastik gipermatritsalar uchun nochiziqli Perron-Frobenius turg‘unlik nazariyasi va nochiziqli konsensus muammolariga tatbiqlari” mavzusidagi fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 7 oktyabr kuni soat 17:00 dagi onlayn majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 9-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Tel.: (99871) 207-91-40
E-mail: uzbmath@umail.uz