Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sablya bo‘yicha bellashuvlarda qoraqalpog‘istonlik qilichbozlar tengsiz
11:22 / 2025-08-27

Poytaxtimizdagi “Paxtakor” qilichbozlik zalida U20 yosh toifasidagi O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi kubogi davom etmoqda. Musobaqaning navbatdagi kunida ishtirokchilar sablya yo‘nalishining yakkalik bahslarida g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Musobaqaning o‘g‘il bolalar bellashuvlarida Alpamis Urakbayev so‘nggi hal qiluvchi final jangida Saidibrohim Alimovni mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Saidibrohim esa kumush medal bilan taqdirlandi. Ushbu yo‘nalishda Artur Bekjonov va Azizbek Karimboyev kuchli uchlikni yakunlab berdi.  

So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda qilichbozlik sport turi jadal ommalashmoqda. Buning misolini ayni damda poytaxtimizda o‘tayotgan musobaqada mazkur hududdan kelgan sportchilar qayd etgan natijalarda ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi kubogining qizlar o‘rtasidagi bahslarida Nargiza Jaksibayeva, Dilnaz Usnatdinova, Nargiza Utebayeva hamda Nurhayot Kalniyazova kabi sablyachilar g‘olib va sovrindorlarga aylandi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA