Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sabine Mahl: Navro‘z O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlasin! (+video)
12:32 / 2025-03-21

Yangilanish, yasharish bayrami Navro‘z munosabati bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl tabrik yo‘llab, shunday deydi:

— Bu yil Navro‘z bayramini hamkorlarimiz va hamkasblarimiz bilan birga O‘zbekistonda nishonlashimdan juda xursandman. Bu O‘zbekistonda ushbu bahor bayrami an’analari xilma-xilligi bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Keling, Navro‘z ayyomini hamjihatlik, mehr-oqibat va madaniy rangbaranglik ruhiga bag‘ishlaylik, barchamizni birlashtiruvchi qadriyatlarni ulug‘laylik.

Ushbu Navro‘z barchaga shodlik, baxt va farovonlik olib kelsin. O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlasin.

Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RY1kqoLJzFA" title="Sabine Mahl: Navro`z O`zbekiston va BMT o`rtasidagi do`stlik va hamkorlikni mustahkamlasin!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

B.Xudoyberdiyev, N.Abduvoitov (video), O‘zA