Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sabine Mahl: “men uchun 2025 yilning muhim yutuqlaridan biri — BMTning Barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlik dasturi!” (+video)
12:43 / 2025-12-31

Yangi yil tabrigi

Eshik qoqib turgan yangi – 2026 yil munosabati bilan yurtimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy ekspertlar, jumladan xalqaro tashkilotlar rahbarlari xalqimizni qizg‘in qutlayapti. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl tabrik yo‘llab, shunday deydi:

— 2025 yil yakunlanar ekan, BMTning yil davomidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan barcha hamkorlarimizga va O‘zbekiston xalqiga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Men uchun 2025 yil — yangi hamkorliklar, O‘zbekistonning turli hududlariga tashriflar hamda milliy hamkorlar va mahalliy jamoalar bilan mazmunli uchrashuvlarga boy yil bo‘ldi.

Yurtingiz bo‘ylab insonlarni tinglash menga ularning amalga oshirilayotgan islohotlarga bo‘lgan yuksak ishonchini yana bir bor namoyon etdi.

2025 yilning eng muhim yutuqlaridan biri — 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan BMTning Barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlik dasturi imzolanganidir. Mazkur dastur keyingi besh yil davomida O‘zbekiston xalqi uchun inson kapitalini rivojlantirishga sarmoya kiritishni asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilaydi.

2026 yildan boshlab BMT tizimi ushbu dastur doirasidagi ishlarni milliy va xalqaro hamkorlarimiz bilan birgalikda amalga oshirishni boshlaydi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/riKBLxM3ppg" title="Sabine Mahl: “men uchun 2025 yilning muhim yutuqlaridan biri — BMTning Barqaror rivojlanish " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Yangi yilingiz bilan!

Barchangizga mustahkam sog‘liq va farovonlik tilayman!

Behruz Xudoyberdiyev yozib oldi.

O‘zA