Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sabina Sharipovaning g‘alabasi
19:15 / 2014-11-19

Hindiston poytaxti Dehli shahrida o‘tkazilayotgan ITF turkumiga kiruvchi xalqaro turnirni hamyurtimiz Sabina Sharipova muvaffaqiyatli boshladi.

Hindiston poytaxti Dehli shahrida o‘tkazilayotgan ITF turkumiga kiruvchi xalqaro turnirni hamyurtimiz Sabina Sharipova muvaffaqiyatli boshladi.

Tennischimiz asosiy to‘rning birinchi davrasida hindistonlik Prartana Txombarega qarshi kortga chiqib, 6:2, 6:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Endi u ikkinchi davrada xitoylik Lu Szya-Szinga qarshi bahs yuritadi.

S.Sharipova turnirning juftlik bahslarini ham g‘alaba bilan boshladi. U tailandlik Kamonvan Buayam bilan birinchi davrada serbiyalik Ivana Jorovich va ukrainalik Sofiya Kovalets juftligini 6:3, 1:6, 10:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. S.Sharipova va K.Buayam chorak finalda xitoylik tennischilar Chang Liu va Jiya-Jing Lu juftligi bilan bahs olib boradi.