Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sabina Sharipova yakkalik va juftlik bahslarini muvaffaqiyatli boshladi
17:20 / 2019-06-06

Fargʻona shahrida ayollar oʻrtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova yakkalik va juftlik bahslarini muvaffaqiyatli boshladi


Fargʻona shahrida ayollar oʻrtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova yakkalik va juftlik bahslarini muvaffaqiyatli boshladi.

Birinchi davraga tashlangan qurʼa natijalariga koʻra, ikki hamyurtimiz Sabina Sharipova hamda Sevil Yoʻldosheva oʻzaro raqobatlashdi. Unda Sabina 6:1, 6:0 hisobida zafar quchdi va ikkinchi davrada belaruslik Ilona Kremen bilan kuch sinashadigan boʻldi.

Juftlik bahslarida S.Sharipova rossiyalik Yekaterina Yashina bilan tandem hosil qilib, yosh tennischilarimiz Gulsina Xalimullina va Valentina Shleynni 6:1, 6:0 hisobida yengdi.

Endi ular musobaqaning chorak finalida boshqa bir tennischilarimiz Arina Fols va Yasmina Karimjonova juftligini sinovdan oʻtkazadi.