Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sabina Sharipova endi Tailandda
16:00 / 2019-05-28

Hamyurtimiz musobaqaning juftlik bahslarida chorak finalga yo‘l oldi.


O‘tgan haftada “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining saralash bahslarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova shu kunlarda Tailandning Nontxaburi shahrida o‘tkazilayotgan turnirda ishtirok etmoqda. Hamyurtimiz musobaqaning juftlik bahslarida chorak finalga yo‘l oldi.

Sabina ushbu bosqichda meksikalik sherigi Viktoriya Rodriges bilan birga avstraliyalik Boyana Marinkova hamda hindistonlik Saumya Vigga qarshi kortga chiqdi. Chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinda Sharipova/Rodriges tandemi 6:1, 7:5 hisoblarida g‘alaba qozondi.

Ta’kidlash joizki, Sabina turnirning yakkalik bahslaridagi ishtirokini ertaga avstraliyalik Alana Parnabiga qarshi o‘tkazadi.