Gruziya hukumati sobiq prezident Mixail Saakashvili avf etilishi taklifini rad etdi.
– Bunga asosiy sabab u Ukraina fuqarosi ekani, – degan Spiker Shalva Papuashvili.
– Amaldagi Prezident Mixail Kavelashvilining muxolifat yetakchilari mahalliy saylovda qatnashishi munosabati bilan afv etilishi taklifi sobiq davlat rahbari Saakashviliga taalluqli emas, – deyilgan mahalliy OAV tarqatgan xabarlarda.
Gruziya Parlamenti rahbari tushuntirishicha, qonun Saakashvili saylovda ishtirok etishini inkor qiladi. Hatto, sobiq yetakchining siyosiy mavzudagi bayonotlari ham jarayonga “chet el aralashuvi” hisoblanadi.
Mixail Saakashvili 2013 yil, prezidentlik muddati tugagandan keyin mamlakatni tark etgan. Shundan so‘ng vatanida unga nisbatan to‘rt xil jinoiy ish ochilgan. Ikki ish bo‘yicha sobiq prezident sirtdan uch va olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
2025 yil 12 martda sud Saakashvilini 3,2 million dollardan ko‘p davlat mablag‘ini o‘zlashtirishda aybdor, deb topdi va unga nisbatan 9 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Ayni payt bu shaxsga qarshi 2007 yil 7 noyabrdagi muxolifat mitingini tarqatish va “Imedi” telekompaniyasi ofisini yo‘q qilish bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqilyapti. 2022 yil mayda uzoq vaqt davomida ochlik e’lon qilgandan so‘ng sog‘lig‘i yomonlashgani sababli, siyosatchi qamoqxonadan Tbilisidagi xususiy klinikaga ko‘chirilgan va hozirgacha o‘sha yerda qolmoqda.
K.Bekjonov, O‘zA