Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“S5+1” shaklidagi navbatdagi uchrashuv toʻgʻrisida
22:07 / 2020-06-29

30-iyun kuni videokonferensaloqa orqali yuqori darajali “Markaziy Osiyo – AQSH” (“S5+1”) shaklidagi navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtadi.


30-iyun kuni videokonferensaloqa orqali yuqori darajali “Markaziy Osiyo – AQSH” (“S5+1”) shaklidagi navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtadi.

Tadbirda Qirgʻiziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etadi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlarining bu galgi muloqoti davomida tomonlar mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik, Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalarini koʻrib chiqishi kutilmoqda.