Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ruzibayev Djaxongir Baxodirjanovichning psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
15:47 / 2024-09-06

“Davlat xizmatchilarini baholash markazlarining rivojlantiruvchi salohiyati” mavzusida

Ruzibayev Djahongir Bahodirjanovichning 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha “Davlat xizmatchilarini baholash markazlarining rivojlantiruvchi salohiyati” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.01.07 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 20 sentyabr kuni soat 15:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy. O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlari fakulteti binosi, 4-qavat 418-xona. 

Tel.: (0-37) 246-67-72

e-mail: nauka@nuuz.uz