Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ruxsora Abdullayeva: "Zulfiya" mukofoti qizlar uchun yuksak e’tibor ifodasi (+video)
10:36 / 2025-08-22

Ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko‘rsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi bo‘lgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o‘rnini yana bir bor e’tirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san’at, fan, ta’lim va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol g‘oyalari va madaniy-ma’naviy qadriyatlarga e’tiqodi yuksalishi yo‘lidagi ibratli faoliyati, keng ko‘lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi.

Hozirga qadar yurtimizning yuzlab iste’dodli, izlanuvchan va tashabbuskor, faol qizlari har yili bahorning ilk kunlarida ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlanadilar. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bugun mamlakatimiz qizlarining o‘lchoviga, ezgu g‘oyalarini amalga oshirish vositasiga aylandi.

"Faxringman, Vatan!" loyihasining qahramoni iqtidorli qizlarimizdan biri Ruxsora Abdullayeva lavhamizda o‘z faoliyati va ijodi bilan bo‘lishdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/MzNBTnhhtSc?si=h2Y0PI16UGK7dTbj" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov, O‘zA