French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ruxsatsiz daraxt kesgan fuqaro jarimaga tortildi
12:58 / 2025-11-12

Guliston shahrida fuqaro B.A. ruxsatnomasiz va noqonuniy ravishda 1 dona qayrag‘och daraxtini shikastlab, unga o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada zarar yetkazdi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganish natijasida huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 10 million 300 ming so‘m jarima qo‘llandi. Tabiatga yetkazilgan zarar esa 3 million 296 ming so‘m etib baholandi.

Ekologlar ta’kidlashicha, daraxtlar shahar muhitida nafaqat havo sifatini yaxshilash va mikroklimatni tartibga solishda, balki aholi uchun ko‘rkam yashil hududlar sifatida va sog‘lom turmush muhitini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun har qanday daraxtni noqonuniy ravishda kesish katta huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

– Qayrag‘och daraxti shahar muhitida katta ahamiyatga ega. Har qanday noqonuniy kesish holati qat’iy nazorat qilinadi va qonun ustuvorligi ta’minlanadi, – dedi Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Bioxilmaxillikni asrash va kadastrni yuritish shu’ba mudiri Jamshid Hoshimov.

G‘ulom Primov, O‘zA