“Elektron ta’lim muhitida xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish” mavzusida
Rustamov Jamshid Ergashevichning 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Elektron ta’lim muhitida xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 26-avgust kuni soat 08:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51;
e-mail: kengash@edu.uz