Rustam Qosimjonov yosh shaxmatchilarga mahorat darsi o‘tdi
Mamlakatimiz shaxmatchilar orasida xalqaro miqyosda birinchilardan bo‘lib jahon chempionligiga erishgan, yurtimiz sportining faxri Rustam Qosimjonov O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun “Qiyin vaziyatlarni himoyalash” mavzusida mahorat darsini o‘tkazdi.
Jahon shaxmat olamida o‘z obro‘-e’tiboriga ega R.Qosimjonov mashg‘ulot davomida o‘yin jarayonida yuzaga keladigan murakkab holatlarni tahlil qilish, raqibning hujumlarini to‘g‘ri baholash hamda himoya strategiyalarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berib o‘tdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy kechgan mashg‘ulotlar, har bir masalaga doir qiziqarli yechimlar yosh shaxmatchilarimiz uchun xalqaro musobaqalarga samarali tayyorgarlik ko‘rish hamda jamoaviy ruhni mustahkamlash bilan birga ularning tafakkuri yuksalishiga xizmat qiladi.
Mashg‘ulot davomida R.Qosimjonov yoshlarga o‘z tajribalari xususida gapirdi. Ularni qiziqtirgan savollarga javob berish asnosida zarur tavsiyalarni berib o‘tdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA