«Rustam Qosimjonov kubogi»dan fotoreportaj
Kecha Xalqaro shaxmat akademiyasida rapid bo‘yicha «Rustam Qosimjonov kubogi» bahslari start oldi.
Umumiy sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSH dollari bo‘lgan mazkur musobaqada dunyoning kuchli shaxmatchilari qatoridan o‘rin olgan grossmeysterlar - Nodirbek Abdusattorov, Jahon chempioni Rustam Qosimjonov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov, shuningdek ruminiyalik Richard Rapport, ozarbayjonlik Shahriyor Mamediyarov, rossiyalik Aleksandr Grishchuk, eronlik Parxam Maxsudillolar bor.
[gallery-18184]
Musobaqaning ilk kunida shaxmatchilar 5 tur o‘ynadilar. Bugun yana 4 tur o‘ynaladi.
G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi kunning ikkinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA