Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida rapid bo‘yicha 2 kun davom etgan «Rustam Qosimjonov kubogi» bahslari nihoyasiga yetdi.
Umumiy sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSH dollari bo‘lgan mazkur musobaqada dunyoning kuchli shaxmatchilari qatoridan o‘rin olgan grossmeysterlar - Nodirbek Abdusattorov, Jahon chempioni Rustam Qosimjonov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov, shuningdek ruminiyalik Richard Rapport, ozarbayjonlik Shahriyor Mamediyarov, rossiyalik Aleksandr Grishchuk, eronlik Parxam Maxsudlu ishtirok etdi.
[gallery-18200]
Turnir yakuniy natijasiga ko‘ra, hamyurtimiz, iqtidorli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin oldi hamda 12 000 AQSH dollari bilan mukofotlandi. Keyingi o‘rinlar Javohir Sindarov (O‘zbekiston, 8 000 $) hamda Parxam Maxsudlu (Eron, 6 000 $)ga nasib etdi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA