Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar brigadasi Janubiy Koreya – BAA bahsini boshqaradi
14:12 / 2024-04-15

Avval xabar berganimizdek, bugun 15-aprel kuni Qatar yashil maydonlarida futbol bo‘yichi 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi boshlanadi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan bir qatorda, 4 nafar hakamimiz faoliyat olib boradi. Aniqrog‘i, Osiyo kubogining ilk turida "B" guruhidagi Janubiy Koreya – BAA terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Rustam Lutfullin boshqaradigan bo‘ldi. Qanotlarda unga Sanjar Shoyusupov hamda Alisher Usmonov yordam bersa, yana bir hakamimiz Firdavs Norsafarov VAR hakami vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 16-aprel kuni soat 20:30 da start oladi.  

Eslatib o‘tamiz, Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi «D» guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, futbolchilarimiz ilk o‘yinni 17-aprel kuni Malayziya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA