Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Rusatom Energy Projects” AJ bilan kelishuv imzolandi
17:01 / 2023-04-13

“Navoiyuran” davlat korxonasining Toshkent ofisida Rossiya Federatsiyasining “Rosatom” davlat korporatsiyasi huzuridagi “Rusatom Energy Projects” AJ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, Davlatimiz rahbari tomonidan 2022 yilning 14 iyulida “2022-2030 yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Unda uran xom ashyosini qazib olish va qayta ishlash hajmini ikki baravarga oshirish, shuningdek, nodir va kamyob metallarni ajratib olishda samarali texnologiyalarni joriy etish hamda ularni qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan.  

Ushbu vazifalarni amalga oshirish va xalqaro tajribani keng miqyosda ishlab chiqarishga tatbiq etish maqsadida “Navoiyuran” davlat korxonasi rahbariyati tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, jahonning yetakchi tarmoq kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda.  

Korxona Axborot xizmatining xabar qilishicha, muloqotlar davomida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari, undan kutilayotgan natijadorlik va kelgusidagi rejalar muhokama etildi.  

Dastlab, korxona bosh direktori Jahongir Hasanov mehmonlarga Prezident qarori mazmun-mohiyati, korxonaning uran sanoatidagi ilmiy-texnik salohiyati, ishlab chiqarish hajmlarini ikki baravarga oshirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.  

O‘z navbatida rossiyalik mutaxassislar ham bu borada o‘zlarining xalqaro miqyosda to‘plagan tajribalaridan kelib chiqib takliflarini bildirdi.  

Muloqot yakunida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolandi. Uchrashuvning keyingi bosqichida o‘zaro Anglashuv Memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan.  

A.Bo‘riyev, O‘zA