English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ruminiyalik haykaltarosh ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma 
16:42 / 2024-02-20

Toshkent fotosuratlar uyida Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida taniqli rumin haykaltaroshi Konstantin Brankuzi (1876-1957) shaxsi va ijodiga bag‘ishlangan rangtasvir va haykaltaroshlik ko‘rgazmasi ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari tomonidan Konstantin Brankuzining ijodidan ilhomlanib, ulug‘ rassom shaxsiga hurmat sifatida yaratgan kartina va haykaltaroshlik asarlari namunalari namoyish etildi. 

Konstantin Brankuzi XX asrning mashhur haykaltaroshlaridan biri hisoblanadi. U yaratgan haykallar shaklning nafisligi va materiallardan nozik foydalanilgani bilan ajralib turadi. Taniqli rassom va haykaltarosh K.Brankuzi o‘zining noyob va maftunkor asarlari bilan xorijiy rassomlar o‘rtasida o‘z hurmatiga ega. 

Ko‘rgazma joriy yil 26 fevralga qadar davom etadi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA