English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ruminiya: prezidentlik saylovida poytaxt meri g‘alaba qozondi
10:36 / 2025-05-19

Kecha bo‘lib o‘tgan Ruminiya Prezidenti saylovining ikkinchi bosqichi natijasi 100 foiz hisoblab chiqilganda Buxarest shahri meri Nikushor Dan g‘alaba qozongani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” yozgan.

Ushbu siyosatchini saylovchilarning 53,6 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Asosiy raqib, 46,40 foiz ovoz to‘plagan “Ruminlarni birlashtirish ittifoqi” muxolifat partiyasi rahbari Jorj Simion allaqachon mag‘lubiyatini tan oldi va raqibini tabrikladi.

4 may kuni birinchi turda Simion va Dan mos ravishda 41 va 21 foiz fuqaroning qo‘lloviga erishgandi.

G‘olib haqida nima ma’lum? Nikushor Dan Ruminiyaning Yevropa Ittifoqi va NATO bilan yanada faol hamkorlik qilishi, shuningdek Qo‘shma Shtatlar bilan strategik sheriklikni mustahkamlashi tarafdori. U Shimoliy Atlantika alyansining Rossiya Yevropaga tahdid solayotgani haqidagi rasmiy fikriga qo‘shiladi. G‘arbdagi hamkorlar bilan birga Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqchi. Mamlakat mudofaa xarajatini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,5 foizdan 3,5 foizga ko‘tarish zarur, deb hisoblaydi. Avval e’lon qilgan rejalariga ko‘ra, “gibrid tahdid, jumladan kiber hujum va dezinformatsiyaga qarshi kurashish uchun tezkor kuchlar yaratish”ni maqsad qilgan.