Ruminiya Senati spikeri, Milliy-liberal partiyasi yetakchisi Florin Kitsuning bayonot berishicha, Ruminiyada “Olteniya” va “Xunedoara” energetika majmualari qaytadan ishga tushiriladi.
Bu yerda hozirgi energetika inqirozida ko‘mirdan elektr energiya olish qaytadan boshlanadi. Bu haqda Agerpres agentligi ma’lum qilmoqda.
"Ruminiya bosh vaziri Nikolaye Chuke kuni kecha “Olteniya” va “Xunedoara” energetika majmualari vakillari bilan ko‘mirdan energiya olinadigan quvvatni ishga tushirish masalasida uchrashdi”, – deyiladi xabarda.
“Ushbu murakkab davrda Yevropa energiya ishlab chiqarishning muqobil resurslariga e’tibor qaratmoqda va Ruminiya bunday resurslarga avval ham ega edi. Ko‘mirimiz bo‘lsa qazib olamiz, bo‘lmasa uni import qilamiz", degan u.
"Ko‘mirdan energiya olishni qayta yo‘lga qo‘yish faqat hozirgi vaziyat tufayli amalga oshirilmoqda, – deya aniqlik kiritdi Kitsu. – Ko‘ramiz mazkur vaziyat yana qancha davom etar ekan", deya qo‘shimcha qilgan u.