Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ruminiya hududiga yadroviy qurol joylashtirmaydi
14:01 / 2026-03-06

Ruminiya Prezidenti Nikusor Dan mamlakat Qo‘shma Shtatlar tomonidan taqdim etilgan NATO yadroviy soyaboni bilan himoyalangani, bu holat mamlakat hududida yadro quroli joylashtirilmasligini anglatishini ta’kidladi.

Prezident Emmanuel Makron dushanba kuni Yevropaning 8 davlati – Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Niderlandiya, Belgiya, Gretsiya, Shvetsiya va Daniya Fransiya tashabbusi – “ilg‘or yadroviy doktrinaga” qo‘shilishini e’lon qildi.

– Hududimizda yadroviy unsurlarni joylashtirish mumkin emas, – dedi Dan jurnalistlarga. – Aniqrog‘i NATO yadroviy soyaboni bilan himoyalanish Ruminiyada yadro elementlari bo‘ladi, degani emas. Ya’ni, Fransiya bilan munosabat faqat hududimizda fransuz askarlari mavjudligini anglatishi mumkin.

S.Rahimov, O‘zA