Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ruminiya bilan chorvachilik sohasida hamkorlik taklif qilindi
12:30 / 2023-05-18

Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov hamda Ruminiya davlatining yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Daniel Kristian Chobanu bilan uchrashuvda xabar berildi.

Muloqot davomida Ruminiya va O‘zbekiston o‘rtasida veterinariya va chorvachilik sohasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qoramol va parrandalarda uchraydigan kasalliklar profilaktikasida tajriba almashish, naslchilik tarmog‘ida keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki davlat veterinariya xizmati o‘rtasida munosabatlarni yanada kengaytirish va o‘zaro savdo imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zA