Toshkent Fotosuratlar uyida ukrainalik rassomlar Dmitriy va Nina Dobrovolskiylarning “Ruhning yorug‘ tomoni” nomli ko‘rgazmasi ochildi.
Ko‘rgazmada rangtasvir va grafika kabi turli texnikada yaratilgan 50 dan ortiq asarlar namoyish etilmoqda.


Tadbirda qayd etilganidek, “Ruhning yorqin tomoni“ iste’dodli turmush o‘rtoqlar ijodini birlashtirgan noyob loyiha bo‘lib, asarlarda inson tabiatining ijobiy tomonlari, tabiat go‘zalligi va shahar me’morchiligi aks etgan.


Dmitriy Dobrovolskiy – taniqli ukrainalik impressionist rassom, Ukraina Rassomlar uyushmasi a’zosi. Uning asarlari Kiyev, London, Edinburg va dunyoning boshqa shaharlari manzaralariga bag‘ishlangan.
Nina DoShe – grafik rassom va Estoniya Badiiy akademiyasining bitiruvchisi.

Rassomlar o‘z ijodi orqali tomoshabinlarni yorqin ranglar va hissiyotlarga to‘la turli mamlakatlar va davrlar bo‘ylab virtual sayohatga taklif qiladi.
Ko‘rgazma 14 martgacha davom etadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA