Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rufat Risqiyev IBA tomonidan avtomashina bilan taqdirlandi
11:12 / 2023-07-19

Xalqaro boks assotsiatsiyasi afsonaviy bokschimiz Rufat Risqiyevni avtomashina bilan taqdirladi. Bu haqda Xalqaro boks assotsiatsiyasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlev kuni kecha Toshkentga kelib, boks olamida o‘ziga xos shuhratga ega Rufat Risqiyevga maxsus sertifikat hamda "Malibu 2" avtomobilini sovg‘a qildi va boks oilasi nomidan uning mehnatiga minnatdorchilik bildirdi. 

Shuningdek, uchrashuv davomida hamyurtimiz Rufat Risqiyev Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidentining faxriylar masalasida maslahatchisi etib tayinlangani e’lon qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari sovrindori Rufat Risqiyevga IBA tomonidan umrbod 1000 dollari miqdoridagi maosh tayinlangan. 

T.Ro‘ziyev, 

O‘zA