Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rublning pasayishi Tojikistonda ham sezilmoqda
16:39 / 2019-08-15

Rossiyada rubl kursining pasayishi Tojikistonda Rossiya valyutasi kursining pasayishiga sabab bo‘ldi, deya xabar beradi mamlakat Milliy banki.


Rossiyada rubl kursining pasayishi Tojikistonda Rossiya valyutasi kursining pasayishiga sabab bo‘ldi, deya xabar beradi mamlakat Milliy banki.

So‘nggi 10 kunda rubl kursi jiddiy pasaydi va bugungi kunda bir ming rublga 149 somoni emas, balki 143 somoni berilmoqda. Rublning qulashi minglab tojik muhojirlari va yurtidagi oilalari hamyonlariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Tojik migrantlarining vatanlariga so‘nggi haftalarda yuborayotgan pul jo‘natmalari pasaytirilgan kurs bo‘yicha berilayotgan ekan.

Milliy bank vakillarining aytishlaricha, Rossiyada rubl kursining pasayishi shu zahotiyoq Tojikistonga ta’sir ko‘rsatgan.

Rossiya rubli 2 avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniyada DRB sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangani sababli Rossiyaga nisbatan sanksiyalarning ikkinchi paketini qo‘llashi haqida e’lon qilganidan so‘ng birdan pasayib ketdi. Rossiyaga qarshi sanksiyalarning birinchi paketi AQSh tomonidan bir yil muqaddam qo‘llanilgan edi, u ham Skripallarning zaharlanishi munosabati bilan joriy etilgan edi.