Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rubl dollar va yevroga nisbatan qiymatini yo‘qotmoqda
15:33 / 2022-07-04

4 iyul dushanba kuni Moskva birjasi start olganda dollar 56,5 rublga, yevro 58,9 rublga ko‘tarilgan.

Birja saytida berilgan so‘nggi ma’lumotlar shu haqda guvohlik bermoqda. 

«Finmarket» ma’lumotlariga ko‘ra, 4 iyul kuni ertalab naqd dollar sotib olish va sotishning o‘rtacha kursi bo‘yicha bir dollar 60/64,5 rublni tashkil etgan. Rubl yakshanba kunidan keyin dollarga nisbatan qiymatini yo‘qotishda davom etgan. Mosbirjaning o‘tgan juma kungi savdo yakunlari bo‘yicha, bir dollar 54,5 rublga baholangan edi. Bir yevro narxi ham 2,85 rublga qimmatlashib 56,54 rublga yetgan.  

Hukumat joriy haftada ko‘riladigan chora-tadbirlarni muhokama qilmoqda, deyiladi xabarda.