Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rubio AQSH - Xitoy munosabatiga baho berdi
15:26 / 2025-08-05

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio “Fox Radio” radiosiga bergan intervyusida AQSH va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar masalasiga to‘xtalarkan, “juz’iy kelishmovchilikka qaramay, o‘zaro munosabatda strategik barqarorlik davriga o‘tilayotgani"ni ta’kidladi:

- Biz mintaqada navigatsiya erkinligi, Filippin va Tayvan kabi hamkorlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qat’iy sodiqmiz. Binobarin, hozir muayyan strategik barqarorlik davriga kirmoqdamiz.

Yuqori martabali mulozim ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarda Pekin bilan savdo mojarosidan ma’lum darajada naf ko‘rish imkoniyati borligiga qaramay, ayni jarayon global iqtisodiyot uchun halokatli oqibat keltirib chiqarishi mumkin.

- Davlatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli savdo mojarosi butun dunyo, jumladan AQSH va ayniqsa Xitoy iqtisodiyotiga jiddiy zarba beradi, - deya fikrini davom ettirgan Amerika diplomatiyasi rahbari.