Ruanda tashqi ishlar vaziri Olive Nduxungire “Breitbart” portaliga bergan intervyusida aytishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp Ruanda va Kongo Demokratik Respublikasi mojarosini hal qilishga yordam beradigan har bir kishi kabi tinchlik uchun Nobel mukofotiga loyiq.
Mulozim 30 yillik Ruanda va KDR o‘rtasidagi ziddiyat qit’ada eng uzoq davom etgan nizoligini ta’kidladi.
27 iyun kuni ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Olive Nduxungire va Tereza Vagner Vashingtonda Kongo sharqidagi mojaroni hal qilish bo‘yicha tinchlik bitimini imzoladi. Hujjat mazmunidan xabardor “Reyter” agentligiga ko‘ra, KDR va Ruanda Kongo hukumati va Qatar homiyligida harakatlanishi taxmin
qilinadigan “M23” isyonchilari muzokarasi jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Kelishuv doirasida tomonlar 2024 yil erishilgan, Ruanda qo‘shinlarini 90 kun ichida olib chiqib ketish, shuningdek, 30 kunda xavfsizlikni muvofiqlashtirish mexanizmini birga yaratish ko‘zda tutilgan hujjatga rioya qilish majburiyatini oladi. Bundan tashqari iqtisodiy integratsiya loyihasini ishga tushirishga ham kelishilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vakillar palatasi a’zosi Erl Baddi Karter Nobel qo‘mitasiga Eron – Isroil mojarosini hal etishdagi sa’y-harakati uchun Prezident Trampni tinchlik yo‘nalishi bo‘yicha mukofotga nomzod qilib ko‘rsatishni so‘rab, rasman murojaat
qilgan. Pokiston hukumati ham Oq uy rahbarini Hindiston bilan ziddiyatni bartaraf qilishdagi vositachiligini yuqori baholab, shu nufuzli sovringa da’vogarlar ro‘yxatiga kiritish taklifini ilgari surgan.
S.Rahimov, O‘zA