Ruanda Belgiya bilan diplomatik aloqa uzilgani, ushbu mamlakatning barcha diplomatlariga 48 soat ichida Afrikadagi ushbu davlatni tark etish buyurilganini e’lon qildi. Endi Bryusseldan tezkor javob talab etiladi. Bu haqda “Al-Jazeera” xabar bergan.
Tegishli bayonotda Ruanda Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi Belgiyani “Kongo Demokratik Respublikasida davom etayotgan mojaro paytida poytaxt Kigaliga nisbatan “doimiy ravishda” ig‘vo uyushtirishda ayblagan.
– Hukumatimiz Belgiyani darhol kuchga kiradigan diplomatik munosabatni to‘xtatish qaroridan xabardor qildi, – degan mulozim.
Belgiya ham o‘z navbatida Ruanda diplomatlari endi mamlakatda qabul qilinmasligini aytdi.
– Ruanda diplomatlarini “nomaqbul shaxs” sifatida e’lon qilish qaroridan afsusdamiz, – deb yozdi Yevropa mamlakati tashqi ishlar vaziri Maksim Prevo ijtimoiy tarmoq orqali. – Bu nomutanosiblik biz rozi bo‘lmagan taqdirda ham ular muloqotga kirishmaslik yo‘lini tanlaganliklarini ko‘rsatadi.
Bu qadam Prezident Pol Kagame Belgiyani KDR sharqidagi mojaro tufayli o‘z mamlakatiga qarshi xalqaro sanksiyani qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblaganidan bir kun o‘tib tashlandi.
Ruanda tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi aytiladigan M23 qurolli guruhi yil boshida KDRning minerallarga boy sharqiy qismiga yrik hujum uyushtirdi va tez orada ikki yirik shaharni egalladi.
BMT hisobotida keltirilishicha, Kigali 4000 ga yaqin askari bor guruhni nazorat qiladi. O‘z navbatida poytaxt mojaroga aloqadorligini rad etib, muntazam ravishda Kongodagi etnik xutu jangarilari tahdidiga duch kelayotganini da’vo qilib keladi.
Kongo hukumati hujum oqibatida kamida 7000 kishi halok bo‘lganini bildirib, xalqaro hamjamiyatni jiddiy chora ko‘rishga chaqirdi.
Diplomatik keskinlik dushanba kuni KDR va M23 isyonchilari seshanba kuni Angolada rejalashtirilgan tinchlik muzokarasiga delegatsiya yuborishlari e’lon qilingandan keyin yuzaga chiqdi.
M.Pirmatova, O‘zA