French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"RS Success Agro"ning IoT tizimlari – O‘zbekiston agrosektoridagi intellektual inqilob
16:35 / 2021-02-11

Qishloq xo‘jaligi global iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda.

Bu borada "aqlli" texnologiyalarni qo‘llash raqamli asrda ishonch bilan odimlash va tabiiy resurslardan samarali foydalangan holda jarayonni optimallashtirish imkonini beradi. Xususan, IoT "Internet of things, internet buyumlar) tizimi yaqin kelajakda qishloq xo‘jaligini butkul yangi bosqichga olib chiquvchi texnologiya bo‘lishi, shubhasiz.

"RS Success Agro" kompaniyasi ushbu yangilikni O‘zbekistonda muvaffaqiyatli joriy etmoqda. Hovos tumanidagi sellyulozali ekinlarni yetishtirish loyihasini amalga oshiruvchi biotexnologik industrial majmua bunga yorqin misol bo‘la oladi.

AVTOMATLASHTIRISH VA "AQLLI" TEXNOLOGIYA - O‘ZBEKISTONDAGI AGRAR SOHANING YANGI HAQIQATLARI

"RS Success Agro" Xovos tumanida IoT tizimlarini joriy qildi va Hovos tumanidagi korxona hududi recpublika qishloq xo‘jaligini butkul yangi progressiv darajaga chiqishiga xizmat qilmoqda. Yuqori simsiz texnologiyalar, jarayonni avtomatlashtirish va "aqlli" agrotexnika mintaqadagi qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari faoliyatining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.

"RS Success Agro" MCHJ QK Bosh direktori Robiya Ibragimova shunday deydi: "Biz korxonani tashkil etar ekanmiz, aniq maqsadimiz bor edi - u nafaqat O‘zbekiston, balki butun jahonda yetakchi o‘rinni egallashi kerak. Bu borada xodimlar jamoasi va ularning kasbiy mahorat darajasi juda muhim. Korxona poydevorini qo‘yish barobarida biz eng zamonaviy uskunalar, maxsus texnika, yuqori texnologik dasturlarni xarid qildik va bugun "aqlli qishloq xo‘jaligi"ni tashkil qilishga erishmoqdamiz.

"RS Success Agro" kompaniyasi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi eng yirik raqamli loyihalardan biriga asos soldi".

Zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot tufayli xovoslik agrar soha vakillari raqamli texnologiyalarni nafaqat ishlab chiqarish jarayonida qo‘llashlari, balki qishloq xo‘jaligi boshqaruvini ta’minlashlari va bu boradagi prognoz imkoniyatlariga ega bo‘lishlari ham mumkin.

IoT tizimi ekin yetishtirish jarayonini to‘liq nazorat qilish uchun sharoit yaratadi, bu esa agrobiznes samaradorligini sezilarli darajada oshirish demakdir.

Bosh direktor Robiya Ibragimovaning ta’kidlashicha, bunday yondashuv qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslar isrofgarchiligiga chek qo‘yadi, agrar jarayonlar va ishlab chiqarish shaffofligini ta’minlaydi. IT-masalalar yechimi moddiy-texnik resurslarni, energiya xarajatlarini sezilarli tejash, biznes shaffofligi va mahsulot xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi.

"RS SUCCESS AGRO" HOVOSDA "AQLLI" QISHLOQ XO‘JALIGINI TASHKIL ETDI

bugungi kunda texnologiyalar shu qadar rivojlanganki, har har qanday qishloq xo‘jaligi ob’ekti bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni eng qisqa vaqt ichida olish mumkin. Bunda IoT tizimining o‘rni beqiyos. Ya’ni mazkur tizim zudlik bilan kuzatuv olib borish, hisobga olish va boshqarish uchun o‘zaro yoki tashqi muhit orqali ta’sir o‘tkazish maqsadida o‘rnatilgan vositalar va texnologiyalar bilan jihozlangan ob’ektlar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish konsepsiyasidir.

IoT texnologiyasi dala xaritalarini hisobga olish va nazorat qilish, hosil dinamikasi, muammoli maydonlar va zonalarni aniqlash, ekinlar diagrammasi, uskunalar monitoringi, texnologiyalar kuzatuvi, ish turi bo‘yicha texnikalar jadvali, hosilni tushirish va tashish monitoringi kabi ko‘plab parametrlarni belgilashga imkon beradi.

IoT innovatsion platformasi masofadan turib, ham alohida dalalar, ham ekinlar parametrlarini skanerlash, shuningdek, ishlab chiqarish bo‘yicha tizimli hajmdagi axborot-tahliliy ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Shu kabi yuqori texnologik vositalar "RS Success Agro" biotexnologik industrial agromajmuasi mutaxassislari uchun standart ish to‘plamiga aylanib bormoqda.

"Kompaniya serveriga dasturiy ta’minot o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali biz butun hudud bo‘yicha sektorlarni - hosilning qayerda va qanday o‘sishi, yig‘im-terim qachon bo‘lgani, ekin ekish boshlangani, qanday urug‘lardan foydalanilgani va hosil qanday rejalashtirilgani bilan tanisha olamiz.

Bularning bari ishlab chiqarish jarayonini hisob-kitob va nazorat qilish uchun zarur. Eng asosiysi, buni o‘zbekistonlik mutaxassislar boshqarmoqda", deydi IoT tizimi muhandisi Stanislav Gridnyov.

"Aqlli" qishloq xo‘jaligi shunchaki ishning yaxshilanishi emas, balki fermerlar duch keladigan barcha muammolarni yengishga yordam beruvchi muhim vositadir. Faqat hamma gap uni to‘g‘ri qo‘llay bilishda.

IoT QANDAY QILIB "RS SUCCESS AGRO"NING FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRDI?

"RS Success Agro" biotexnologik industrial agromajmuasi turli intellektual datchiklardan tashkil topgan meteostansiyaga ega. Uning yordamida muhandislar havo harorati, quyosh radiatsiyasi, bug‘ bosimi, nisbiy namlik, yog‘ingarchilik, shamol yo‘nalishi va tezligini qayd etishadi. Barcha parametrlar tizimda ro‘yxatga olinadi va bu ma’lumotlar agronomlarning yerga urug‘ qadash yoki o‘simlikka ishlov berish qachon samarali ekanini bilishi va hisoblashida juda muhimdir.

Dalaga o‘rnatilgan datchiklar fermerlarga tuproq namligi va harorati kabi ko‘rsatkichlarni baholash imkonini beradi. Shuningdek, ular kelgusi kunlar va haftalar uchun ob-havo sharoitlarini bilishlari mumkin. Texnika monitoringi yordamida muhandislar uskunaning qayerda ekanini qisqa muddatda ko‘rishadi va tezkor ko‘rsatmalar berishadi. Jarayon to‘liq avtomatik ravishda amalga oshadi. Gapning lo‘ndasini aytganda, endi agronom ekin qanday o‘sayotganini ko‘rish uchun 5 ming gektar yerni kezib yurishiga hojat yo‘q.

IoT yechimi yordamida hisobotlarni qayd etish va tuzish mumkin: qaysi maydonda, qanday texnikada, qachon, nima uchun ketgan, qancha gektar maydonga ishlov berilgan va qancha yoqilg‘i sarflangan - ushbu parametrlarga asoslanib, bosh mexanik ta’mirlash yoki rejali tekshiruvdan o‘tish qachon zarurligini aniqlay oladi. Bundan tashqari, IoT tizimi muammoli joylarni aniqlaydi. Sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasvirlar yordamida ekinning kasallik o‘chog‘i qayerda paydo bo‘lishini, namlik yetishmayotgan yerni va me’yorga ko‘ra, hosil pishib yetilayotgan hududlarni ko‘rish mumkin.

IoT tizimi monitoringni sezilarli darajada soddalashtiradi. Aytaylik, 5 ming gektar maydonga ekin ekilgan. Avtomatlashtirilgan tizimlarsiz agronom bunday hajmni to‘liq ko‘ra olmaydi. Misol uchun, texnik kannabisni oladigan bo‘lsak, u 4 m. yuqoriga tomon o‘sadi. Bunday maydonni faqat sun’iy yo‘ldosh yoki uchuvchisiz boshqariladigan texnikada olingan tasvirlar orqali ko‘rish mumkin.

"RS Success Agro" bosh direktori Robiya Ibragimovaning ta’kidlashicha, "biotexnologik industrial agromajmua kelgusida ham rivojlanish shiddatini saqlab qolish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish va xodimlar malakasini oshirish borasidagi izlanishlarni izchil davom ettiradi".