Ro‘ziboy ota xonadoni hamisha gavjum
FOTOREPORTAJ
Qashqadaryo viloyatidan Ikkinchi jahon urushida mardona jang olib borgan 47 mingdan ortiq vatandoshlarimizning, afsuski, yarmidan ko‘pi ona yurtga qaytmadi.
Ayni paytda 113 yoshni qarshilagan qamashilik Ro‘ziboy Sattorov urush boshlangan kezlarda 30 yoshda edi. Shu bois birinchilar qatorida frontga yo‘l oldi. Fashizmga qarshi jang maydonlarida mardlik va jasorat ko‘rsatgan Ro‘ziboy Sattorov urushdan keyin xalq xo‘jaligining turli sohalarida halol mehnat qildi. Oila qurib, 8 farzandni ulg‘aytirdi.
Bugun dorilomon kunlarga yetkazganiga shukr aytishdan charchamaydigan otaxonni yo‘qlab, duosini olish maqsadida fayzli xonadonga keluvchilarning qadami uzilmaydi.
[gallery-11787]
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA