Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Roza Xutor»: yangi sayyohlik yo‘nalishlari
22:25 / 2023-12-10

Sochi shahrida jurnalistlar uchun «Roza Xutor» dam olish maskaniga tashkil etilgan press-turning birinchi kuni yakunlandi.

Press-tur xalqaro munosabatlar va turizm bo‘limi boshlig‘i Arkadiy Markov hamrohligida dam olish maskanining pastki bazasi bo‘ylab sayr qilishdan boshlandi. Bo‘lim boshlig‘i Rossiyadagi eng yirik tog‘-chang‘i dam olish maskanining tarixi, infratuzilmasi hamda bu yerda bo‘lib o‘tgan eng muhim  sport tadbirlari haqida so‘zlab berdi. 

Shu bilan birga A. Markov Olimpiya o‘yinlari sportchilarining shaxsiy medallari saqlanadigan Shon-sharaf xiyoboni haqida ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Shon-sharaf xiyobonida Olimpiya o‘yinlari chempionining har bir medali ostida uning QR-kodi joylashtirilgan. U orqali sportchining tarjimai holi, u shug‘ullanadigan sport turi va erishgan yutuqlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. 

Shundan so‘ng jurnalistlar asrlar davomida hammom an’analarini  davom ettirib kelayotgan ESPAS «Polyana» va  «Gornыy» majmualari  faoliyati bilan tanishdi. 

Shuningdek, press-turning birinchi kuni ishtirokchilar «Moya Rossiya» interfaoletnoparkida ham bo‘ldi. 11 ta mavzuga oid binoda rus xalqlarining madaniyati, an’analari va turmush tarzini o‘zida mujassam etgan ma’rifiy olamga g‘arq bo‘lish mumkin. 

«Moya Rossiya» ko‘rgazmali madaniy-etnografik markazi tarixiy pavilonlar, muzeylar, o‘ziga xos me’morchilik inshootlari, istirohat bog‘lari, xiyobonlar,  restoran va mehmonxonalarni o‘z ichiga oladi. 

Alpomish Mashrabxonov, O‘zA.

Rossiya, Sochi shahri