O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Andijon viloyat Bosh boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri oldidan bank tizimi xodimlari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.
Prezidentimizning 2025 yil 19 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni bilan mamlakatimizda joriy yilning 15 yanvaridan 28 fevraliga qadar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur tadbir arafasida bank tizimi xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv seminarida mutaxassislar tomonidan Prezident farmonining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish tartiblari, ushbu tadbirning davlat boshqaruvidagi o‘rni va ahamiyati, viloyatda mazkur jarayonni samarali tashkil etish hamda yuqori saviyada o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.


Seminar yakunida ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berilib, ro‘yxatga olish tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
F. Ubaydullayev, O‘zA