Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ro‘yxatga olish jarayonida faol mahallalar aniq bo‘ldi
11:16 / 2026-01-28

Surxondaryo viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatga olish tadbirida 330 ming 200 dan ortiq xonadon onlayn platforma orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu vohadagi mavjud xonadonlarning qariyb 70 foizini tashkil etadi.

Tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari N. Qodirov va respublikadan biriktirilgan mas’ullar shtablar faoliyatini kunning ikki qismida tahlil qilib, viloyatda onlayn ro‘yxatdan o‘tishning holatini atroflicha muhokama etmoqda. Yuzaga kelgan texnik va tashkiliy masalalarni o‘rganmoqda. Viloyat, tumanlar va shahar shtablari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, raqamli tizim imkoniyatlaridan keng foydalanish choralarini ko‘rish yuzasidan fikr almashayotir. Mamlakatimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonda alohida tashabbus ko‘rsatayotgan, targ‘ibot ishlarida namuna bo‘layotgan mahalla raislari va fuqarolar munosib taqdirlanmoqda. 

Mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatga olish ishlari boshlanganidan buyon mahallalarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etib, xonadonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini sifatli yakunlagan Muzrabot tumanidagi Bodomzor, Yo‘lchi, Yangi hayot, Yakkatol, Sariosiyo tumanidagi Boysunobod, Shahriobod hamda Qumqo‘rg‘on tumanidagi Beshqahramon va To‘g‘on mahallalari raislariga tuman hokimliklari tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, Statistika agentligining aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘rtasida tasodifiy tanlash (random) usuli orqali aniqlangan surxondaryolik g‘oliblar­ Boysun tumanidagi Chilonzor mahallasida yashaydigan Nurmuhammad Boboqulov, Muzrabot tumanidagi Nurli hayot mahallasilik Ziyodulla Norqobilov, Qiziriq tumanidagi Xomkan mahallasida istiqomat qiladigan Abdurahmon Aliqulovlarga savolnomani to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirgani uchun tashakkurnoma va planshet yetkazib berildi. 

Viloyatda onlayn ruyhatdan o‘tish davom etmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri