“Rowing&canoe” sport federatsiyasi rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov va boshqa mutasaddilar, federatsiyaning hududiy vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda shu davrgacha O‘zbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Alisher Sultonov o‘z xohishiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi, deya xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi Bobur Islomovning nomzodi federatsiyasi raisi lavozimiga taklif etildi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan ma’qullandi.
O‘zA