Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rostgo‘ylik va haqiqatni shior bilgan zot
09:08 / 2023-04-09

9 aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

9 aprel mamlakatimiz, xalqimiz hayoti uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan sana. Bu kun ulug‘ jahongir bobomiz, davlat arbobi, tengsiz sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Har yili mamlakatimizda ushbu sana keng nishonlanadi.

Buyuk Sohibqiron bobomiz ulkan Temuriylar saltanatiga asos solgani bilan birga ilm-fan, ma’rifat,  madaniyat, me’morchilik, shaharsozlik rivojining homiysi bo‘lgani tarixiy manbalardan yaxshi ma’lum.

 Ayni paytda bunday yuksalish Sharqda ikkinchi Renessans poydevorini yaratish imkonini bergani, jahon sivilizatsiyasida muhim o‘rin egallagani bilan ham ahamiyatlidir. Shu sababli ko‘plab allomalar, shoirlar, mutafakkirlar, musavvir va me’morlar, ilm-fanda o‘z so‘zini aytgan, yirik kashfiyotlari bilan bashariyatga tanilgan olimlar aynan shu davrda yetishib chiqqan.

Jahongir Temur bobomiz nomi, uning shiori, ezgu amallari, faoliyati, g‘oyalari to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, mardlik, jasorat, qat’iyat, donishmandlik,  xaloskorlik bilan bevosita bog‘liqdir. Zero, bu tushunchalar bugun ham dolzarb sanaladi.

Shu kunlarda mamlakatimizdagi ko‘plab  o‘quv dargohlari, harbiy qismlar, kutubxonalar, muzeylar, san’at dargohlarida bo‘lib o‘tayotgan anjumanlar, ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlarida, ko‘rgazmalarda  Sohibqiron bobomizning,  temuriylar saltanatining dunyo tarixidagi, insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni, uning ma’naviy merosi, jahongir ajdodimiz o‘gitlarining bugungi kundagi ahamiyati xususida batafsil so‘z yuritilmoqda. Demak, uning g‘oyalari bugun ham dolzarb va barhayotdir.

   Nazokat Usmonova, O‘zA