English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rosssiya va Ukraina kelishuvga erishdimi?
18:47 / 2026-01-30

“CNN” nashri yozishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan gaplashib, Ukrainadagi yirik shaharlar, ayniqsa, Kiyevga bir hafta ichida hujumlar uyushtirilmasligini ma’lum qilgan. Moskva esa bu da’voni hozircha rasman tasdiqlamadi.

Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy amaliy yordam uchun Trampga minnatdorlik bildirib, qattiq qish sharoitida energiya infratuzilmasini himoya qilish hayot-mamot masalasi ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu masala Abu-Dabida Qo‘shma Shtatlar, Ukraina va RF vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlarda muhokama qilingan.

Muzokaralar davom etayotganiga qaramay, hududiy masalalar, xususan, Donetsk bo‘yicha kelishmovchiliklar hamon saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, qahraton qish va energiya tarmoqlariga zarbalar Ukrainadagi vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Rossiyaning so‘nggi zarbalari Kiyev va boshqa yirik hududlarda elektr ta’minotida jiddiy uzilishlarga olib kelgani aytilmoqda. Mamlakat Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Odessa, Xarkov va Donetsk viloyatlarida ham keng ko‘lamli o‘chishlar qayd etilgan.

Ekspertlar fikricha, agar hujumlar chindan ham to‘xtatilsa, bu ziddiyatni yakunlash yo‘lidagi ilk real qadam bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, rasmiy Kremlning sukuti va avvalgi kelishuvlar buzilgani sabab, ukrain jamiyatida ehtiyotkorlik va ishonchsizlik saqlanib qolmoqda.

Saida Abdulazizova, O‘zA