Rossiyaning Turkmanistonga amalga oshirgan eksporti yarim milliard dollardan oshdi
2021 yil yanvar-avgust oylarida Rossiyaning Turkmanistonga eksporti o‘tgan oyning shu davriga nisbatan 16 foizga ya’ni 535 million dollarga oshdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi bojxona xizmati ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Rossiya va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2020 yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 15,1 foizga kamayib, 624,5 million dollarni tashkil etgan aytilmoqda.
Yanvar-avgust oylarida Turkmanistonning Rossiya tashqi savdosidagi ulushi 0,1 foizni tashkil qilib, Rossiyaga importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 67,4 foizga kamaygan.