Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyaning to‘lov tizimlaridan chiqarilishi turizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
09:59 / 2022-03-18

G‘arb sanksiyalari Moskva 24 fevral kuni boshlagan Donbassni himoya qilish operatsiyasi fonida joriy qilindi.

Shu asnoda Viza va Masterkard xalqaro to‘lov tizimlari Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatishini e’lon qildi. Ya’ni, ushbu tizimlar kartalari Rossiyada chiqarilgan bo‘lsa, faqat mamlakat hududida o‘tadi. Boshqa mamlakatlarda, xorijiy onlayn-do‘konlarda ishlamaydi. Shuningdek, RFdan tashqaridagi banklar chiqargan kartalar ushbu mamlakatda qabul qilinmaydi. Jumladan, O‘zbekistonda emissiya qilingan “VISA” va “MasterCard” ham Rossiyada ishlamaydi.

Avvalroq Sankt-Peterburg telekanali “VISA” (raqamli to‘lov bo‘yicha jahon yetakchisi, 200 dan ortiq mamlakat va hududda iste’molchilar, savdogarlar, moliya institutlari va davlat tuzilmalari o‘rtasida to‘lov tranzaksiyalarini amalga oshiradi) va “MasterCard”(xalqaro to‘lov tizimi, 210 davlatdagi 22 000 moliya institutini birlashtirgan transmilliy moliyaviy korporatsiya) Rossiyani tark etishi haqida xabar bergan edi.

Rossiya kartalarining yarmidan ko‘pi “VISA” va “MasterCard”ga tegishli bo‘lib, mamlakatda chiqarilgan 312 milliondan kartadan 200 millionini tashkil etadi. Shuning 140 millionga yaqini faol, ammo chet elda amaliyotdan to‘xtadi.

Iqtisodchi Yegor Klopenko Rossiya SWIFTdan butunlay uzilmagan bo‘lsa-da, rossiyaliklar xorijiy to‘lov tizimlari yopilgandan keyin bu tizimsiz yashay boshlaganini aytdi.

Klopenkoning fikricha, ruslar uchun bundan battari bo‘lmaydi, chunki bu hamma uzoq vaqtdan buyon kutilayotgan narsa edi. Shuningdek, Rossiya ko‘nikib, kamida bir necha oy, ehtimol bir necha yil shunday yashashi mumkin.

Mutaxassis mamlakat ichidagi hayot unchalik o‘zgarmagani, “VISA” hamda “MasterCard” kartalari mamlakat hududida ishlashda davom etayotgani va fuqarolar o‘z kartalarini mahalliy “Mir” kartalariga almashtirishi shart emasligini ta’kidladi.

Sayohat bo‘yicha mutaxassislar Rossiyadan to‘lov tizimlarining ketishi jahon turizmiga qanday ta’sir qilishini tushuntirib berdi.

ATOR (Rossiya turoperatorlar assotsiatsiyasi) ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi paytlarda valyuta kursidagi o‘zgarishlar, shuningdek, bir qator to‘lov tizimlarining mamlakat hududidan tashqarida cheklanishi va Rossiya banklariga nisbatan cheklovlar turizm sohasida o‘zgarishlarga olib kelishi muqarrar.

Rossiyaliklar naqd pul olish va boshqa mamlakatlarda karta orqali aviachiptalarni sotib olish, mehmonxona xonalarini band qilish, turar joy uchun to‘lov qila olmaydi.

Mutaxassislar xorij kompaniyalari qarori bilan bog‘liq mavjud vaziyat tufayli yuzaga kelgan yangi muammolarni hal qilish yo‘llarini izlamoqda.

Iqtisodchi Yegor Klopenko Xitoyning “UnionPay” kartalari Rossiyada “VISA” va “MasterCard” o‘rnini bosishi mumkinligini aytdi.

Shunday qilib, 180 ta davlatda faoliyat yurituvchi “MIR-UnionPay” kartalari chiqariladi. Ammo, reyslardagi mavjud cheklov va rossiyalik sayyohlar uchun ochiq bo‘lgan mamlakatlar hali ruslar uchun mavjud bo‘lgan to‘lov tizimiga ega bo‘lmasligi mumkinligini hisobga olish zarur.

Chet elda “VISA” va “MasterCard” kartalaridan foydalanish cheklanganidan so‘ng, rossiyaliklar “MIR” kartalarini qabul qiladigan turistik yo‘nalishlarni tanlashadi, masalan, Turkiya, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari kabi.

Shuningdek, hamma narsani qamrab oluvchi tizim Turkiya, Tunis, Misr, Maldiv orollari va Birlashgan Arab Amirliklarining ayrim mehmonxonalarida ishlaydi. 

Bundan tashqari, parvozlar tiklanganidan keyin Kuba, Dominikan Respublikasi, Meksika, shuningdek, Venesuyelaning Margarita orolidagi ayrim mehmonxonalari ham ushbu ro‘yxatga kiritilishi mumkin.

Hozirda “MIR” to‘lov tizimining kartalarini qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga Vetnam, Armaniston, Belarusiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Janubiy Osetiya va Abxaziya kiradi.

Qozog‘istonda “MIR” kartalariga mahalliy VTB va Sberbank banklarining bankomatlarida xizmat ko‘rsatiladi va ushbu banklarning to‘lov terminallari joylashgan do‘konlarda to‘lov uchun qabul qilinadi. 

Tojikistonda “MIR” kartalari ko‘pincha do‘konlarda to‘lov uchun qabul qilinadi, lekin hamma joyda emas. Tojikistondagi eng yirik banklar – “Amonatbonk” va “Dushanbe Siti” bankomatlarida “MIR” kartalaridan naqd pul yechib olishingiz mumkin. Biroq, bu mamlakat hozirgacha turoperator mijozlarini unchalik qiziqtirmagan.

Shu bilan birga, Turkiya ruslar uchun eng jozibador joy bo‘lib qolmoqda, chunki u yerda hamma narsani o‘z ichiga olgan tizim ishlab chiqilgan va mamlakat “MIR” kartalarini qabul qilish uchun keng tarmoqqa ega. 

Rossiya to‘lov tizimining kartalariga 3 ta yirik bank xizmat ko‘rsatadi - bular davlat banklari “Vakıfbank”, “Ziraat Bankası” va xususiy bank “Iş Bankası”. 

“MIR” kartalari Turkiyada va ushbu banklarning aksariyat bankomatlarida hamda ushbu banklarning terminallari mavjud bo‘lgan do‘konlarda qabul qilinadi. Bunday savdo nuqtalari juda oz.

“MIR” kartalarini qabul qilish faol rivojlanayotgan yana bir turoperator mamlakat - Vetnamdir. Ular “BIDV” banklari va uning sho‘ba banki VRB bankomatlari va terminallari tomonidan qabul qilinadi. “BIDV” yetarlicha katta tarmoqqa ega ya’ni 60 mingga yaqin to‘lov terminal va bankomatlari mavjud.

Siz Dubay aeroportida (BAA) “MIR” kartasi bilan to‘lashingiz mumkin va Kiprda “MIR” kartasi RKB bank bankomatlarida qabul qilinadi. Biroq, bu ma’lumot “MIR” tizimining veb-saytida mavjud emas, ehtimol bu qandaydir vaqtinchalik loyihadir. 

“MIR” kartalari tarmog‘ini faqat BAAda rivojlantirish mumkin, ammo Kiprda qiyin.

5 mart kuni “VISA” va “MasterCard” to‘lov tizimlari Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyada tranzaksiyalarning yaqin orada to‘xtatilishini e’lon qilgandi. Sberbankda ta’kidlanganidek, xalqaro to‘lov tizimlarining qarori “VISA” va “MasterCard” kartalarining mamlakat ichida ishlashiga ta’sir qilmaydi, faqat chet elda foydalanish payti ishlamaydi.

Rossiya banklari tomonidan chiqarilgan ushbu tizimlarning kartalari RFda odatdagidek, amal qilish muddati tugagunga qadar ishlashda davom etadi. Biroq, transchegaraviy karta operatsiyalari mavjud bo‘lmaydi. Ulardan xorijiy onlayn-do‘konlarda xaridlarni to‘lash amalga oshirib bo‘lmaydi.

Internet materiallari asosida tayyorlandi 

Ulug‘bek Mahmirzayev, O‘zA