Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyaning taktik yadro quroli bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashi majlisi juma kuniga belgilandi
10:27 / 2023-03-29

BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiyaning Belarusga taktik yadro qurolini joylashtirish rejasi bilan bog‘liq majlisni juma kuni o‘tkazadi, deb xabar tarqatdi RIA Novosti Xavfsizlik Kengashi manbasiga tayanib.

“Majlis juma kuni soat 10:00 ga belgilandi”, – degan agentlik suhbatdoshi.  

Rossiyaning Belarusga taktik yadro qurolini joylashtirish rejasi  e’lon qilingach, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi joriy haftada BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari majlisini o‘tkazishga chaqirdi.  

Avvalroq RF Prezidenti Vladimir Putin Moskva va Minsk xalqaro javobgarliklarni buzmagan holda Belarusga taktik yadro qurolini joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb bayonot bergan edi. Uning ta’kidlashicha, Belarusda taktik yadro qurolini saqlash uchun ombor qurilishi 1 iyulda yakunlanadi.