Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyaning "Su-27" samolyoti AQSH “MQ-9” droni bilan to‘qnashib ketdi
09:21 / 2023-03-15

Qora dengiz osmonida Rossiyaning “Su-27” qiruvchi samolyoti Amerika razvedkasining uchuvchisiz boshqariladigan “MQ-9” uchog‘ini ogohlantiruvchi manevrlar qilishi natijasida unga zarar yetkazdi, natijada amerikaliklar dronni suvga cho‘ktirib yuborishga majbur bo‘ldilar. Bu haqda AQSH Harbiy-havo kuchlarining Yevropadagi qo‘mondonligi ma’lum qildi.

“Su-27” samolyoti Qora dengiz osmonidagi xalqaro havo hududida harakatlanayotgan “MQ-9” Amerika uchog‘ini xavfli va professionallikdan yiroq darajada tutib olmoqchi bo‘lgan”, deyiladi qo‘mondonlik xabarida.

Amerika tomoni xabarlariga ko‘ra, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat taxminan 7.03 da “Su-27” samolyotlaridan biri “MQ-9”ning pirpiragiga kelib urilgan, oqibatda Amerika harbiy kuchlari  xalqaro suvlarda uchuvchisiz boshqariladigan uchog‘ini urib tushirishga majbur bo‘lgan.

Qayd etilishcha, to‘qnashuvdan oldin rus samolyotlari “MQ-9”ga bir necha marta yoqilg‘i tashlagan va uning oldidan “ehtiyotsiz, xavfli, noprofessional tarzda uchib o‘tgan”.

“Davlat departamenti rossiyalik hamkasblari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishadi hamda bu xavfli va noprofessional harakatlardan xavotirini bildiradi”, dedi Milliy xavfsizlik bo‘yicha prezidentning maslahatchisi Jeyk Sallivan.  

"Doyche velli" agentligi xabariga ko‘ra, voqeadan AQSH yetakchisi Jo Bayden xabardor qilingan.  

Shuningdek, Rossiyaning Vashingtondagi elchisi mazkur voqea yuzasidan AQSH Davlat departamentiga chaqirtirilganini ma’lum qilgan.

O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida AQSH droni “MQ-9” keskin manevrlar qilish natijasida balandlikdagi muvozanatini yo‘qotib, nazoratsiz parvoz qilishga majbur bo‘lgan va dengizga tushib ketgani” aytiladi.

“Rossiya qiruvchi samolyotlari qurol ishlatmagan, Amerika uchog‘i bilan aloqada bo‘lmagan va o‘z aerobazasiga eson-omon qaytib kelgan”, deb qo‘shimcha qilinadi bayonotda.

 

Abror XON,

O‘zA