Rossiyaning sanksiya ostidagi “Arctic Metagaz” tankeri yonyapti
Rasmiy sanksiya ostidagi Rossiyaga tegishli “Arctic Metagaz” tankeri O‘rta yer dengizida yonib ketdi, ekipajning taqdiri noma’lum.
Xabarlarga ko‘ra, kema suyultirilgan tabiiy gaz tashiyotgan edi. AQSH va Buyuk Britaniya, go‘yoki, RF “soya floti”ga tegishliligini ta’kidlab, mazkur tankerni "qora ro‘yxat"ga kiritgan.
“Marine Traffic” kemalarni kuzatish xizmati ma’lumotiga ko‘ra, “Arctic Metagaz”ning joylashuvini ko‘rsatuvchi so‘nggi signal 2-mart kuni Malta qirg‘og‘i yaqinida qayd etilgan.
S.Rahimov, O‘zA