Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
18:21 / 2022-06-14

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Rixsiyeva rahbarligidagi delegatsiya Moskva shahrida bo‘lib «Iqtisod oliy maktabi» tadqiqot universiteti bilan ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik almashuv va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida hamkorlik bitimi imzoladi.

Mazkur hujjat «Iqtisod oliy maktabi» tadqiqot universiteti tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan forum doirasida amalga oshirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Iqtisod oliy maktabi» tadqiqot universiteti bugungi kunda dunyo universitetlari xalqaro reytingida 28-o‘rinni o‘rinni egallaydi. Hozirda ushbu universitet bitiruvchilari Rossiya hukumatining qator mas’ul lavozimlarida xizmat qilmoqda. «Iqtisod oliy maktabi» tadqiqot universitetining Sankt-Peterburgdagi filialida sharqshunoslik bo‘yicha alohida institut tashkil etilgan.  

Endilikda birgalikda ilmiy tadqiqotlar ustida ishlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, Sharq mamlakati iqtisodiyotini o‘rganish bo‘yicha, shuningdek, akademik dasturlar bo‘yicha sharqshunos kadrlarni tayyorlashda o‘zaro hamkorlik qilinadi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA